Oliy Majlis Senati delegatsiyasi Parlamentlararo Ittifoqning 146-Assambleyasida ishtirok etdi – Парламент тадқиқотлари институти
Янгиликлар

Joriy yilning 11-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati delegatsiyasi Bahrayn Qirolligining Manama shahrida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo Ittifoqning 146-Assambleyasida ishtirok etdi. Unda “Tinch-totuv yashash va inklyuziv jamiyatlarga ko‘maklashish: murosasizlikka qarshi kurashish” mavzusi muhokama qilindi. Tadbirda dunyoning 140 davlatidan 2 mingdan ortiq delegatlar ishtirok etdi.

Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M.Qodirxonova Parlamentlararo Ittifoq Assambleyasining yalpi majlisida so‘zga chiqib, davr tahdidlariga samarali qarshi kurashish va barqaror rivojlanishni ta’minlash borasidagi muammolarni hal etishda parlamentlararo hamkorlik muhimligini ta’kidladi. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bugungi kunda gender tenglikka erishish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyat va davlat hayotidagi rolini kuchaytirishga katta e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. O‘zbekistonda xotin-qizlar mamlakat parlamenti a’zolari umumiy sonining 32 foizini tashkil etishi, bu dunyodagi eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biri ekanligi e’tirof etildi.

Yalpi majlis davomida O‘zbekiston Oliy Majlisi va Parlamentlararo Ittifoq o‘rtasida o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, M. Kadirxanova Bahrayn Qirolligi poytaxti Manama shahrida o‘tgan Qo‘shilmaslik harakati parlament tarmog‘ining  2-konferensiyasida ham ishtirok etdi.

Dunyoning 50 dan ortiq davlatidan 300 dan ziyod delegatlar, xalqaro hamjamiyat va parlament tuzilmalari vakillari ishtirok etgan mazkur anjuman yakunida Manama deklaratsiyasi qabul qilindi.

www.senat.uz

Leave a comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan