10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuni – Парламент тадқиқотлари институти
Янгиликлар

     1948-yil 10-dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 3-sessiyasidagi rezolyutsiyaga binoan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan.

     1950-yili BMT tomonidan ushbu kunni Inson huquqlari kuni sifatida nishonlash belgilandi. Deklaratsiya insonlarning barchasiga birdek tegishli bo‘lgan huquqlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, hujjat shu kungacha dunyoning 500 dan ortiq tiliga tarjima qilingan.

     Mazkur xalqaro hujjat har bir insonning shaxsiy daxlsizligi, mulk, e’tiqod va so‘z erkinligini, fuqarolik, davlat boshqaruvida qatnashish, saylash va saylanish, oila, mehnat va dam olish, ta’lim, tibbiy va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, madaniyat va san’at asarlaridan bahra olish huquqlarini himoya qiladi.  

Leave a comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan