Suv xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuziladi(mi?) – Qonunchilik muammolari instituti
Yangiliklar

Joriy yilning 20 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda fraksiya a’zolari tomonidan bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi.

Xususan, deputatlar tomonidan dastlab “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, so‘ngi yillarda mamlakamimiz qishloq xo‘jaligi sohasida aholiga sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish, hududlarning iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda hudud iqlimiga mos qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, aholining bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Deputatlar tomonidan muhokama etilgan qonun loyihasida qishloq xo‘jaligining sug‘oriladigan yerlarida faoliyat ko‘rsatayotgan suv iste’molchilari va tuman irrigatsiya bo‘limlari o‘rtasida suv yetkazib berish va suv xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzilishi nazarda tutilmoqda.

Xususan, qonun loyihasida tuman irrigatsiya bo‘limlari tomonidan o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan fermer xo‘jaliklarining qaysi suv obyektlaridan suv olishi, suv iste’moli rejalari tuzilishi va tasdiqlanishi, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa suv iste’molchilari uchun suv olish limitlarining belgilanishi, jamoa bog‘lari, tokzorlar, ekinzorlarni va tomorqa yer uchastkalarini suv bilan ta’minlash, suv yetkazib berish va suv xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida belgilangan tartibda amalga oshirilishi kuzda tutilmoqda.

Yig‘ilishda deputatlar tomonidan qonun loyihasini takomillashtirishga qaratilgan takliflar berilib, qonun loyihasi qo‘llab-quvvatlandi.

Kun tartibiga kiritilgan boshqa qonun hujjatlari fraksiya a’zolari tomonidan atroflicha ko‘rib chiqili, tegishli qaror qabul qilindi.

www.parliament.gov.uz

Leave a comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *