Fuqarolarning elektron jamoaviy murojaatlari yagona portal – “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portali to‘g‘risida MA’LUMOT – Qonunchilik muammolari instituti
Yangiliklar
  1. 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 34-bandi ijrosini ta’minlash, shuningdek fuqarolarning elektron jamoaviy murojaat qilish borasidagi huquqlarini ta’minlash maqsadida
    “Mening fikrim” veb-portali joriy etildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “qonunlar muhokamasiga keng xalq ommasini jalb qilish maqsadida Internet tarmog‘ida maxsus “maydon”lar yaratish” bo‘yicha bildirgan tashabbusi asos bo‘ldi.

“Mening fikrim” veb-portali 2018-yil 20-aprelda ishga tushirildi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti uning moderatori etib belgilandi.

“Mening fikrim” veb-portali faoliyatining huquqiy asosi
Oliy Majlis palatalarining 2018-yil 2-apreldagi № 1600-III/KQ-322–III-sonli va 2019-yil 2-fevraldagi 2310-III/KQ-503–III-sonli Qo‘shma qarorlari, hamda ular asosida tasdiqlangan “Mening fikrim” veb-portali orqali elektron jamoaviy murojaatlar berish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hisoblanadi. Shuningdek, mazkur qarorlar bilan “Mening fikrim” veb-portaliga elektron jamoaviy murojaatni joylashtirish to‘g‘risidagi yoki joylashtirishni rad etish haqidagi masalani dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun vakolatli davlat organlari va moderator vakillaridan jamoatchilik asosida Ishchi komissiya tarkibi tasdiqlandi. Hozirga qadar Ishchi komissiyaning 51 ta majlisi bo‘lib o‘tdi.

O‘tgan davr mobaynida “Mening fikrim” veb-portali moderatori tomonidan fuqarolardan kelib tushgan 6 mingga yaqin murojaatlar huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ulardan Ishchi komissiya xulosasiga muvofiq, 469 tasi veb-portalga joylashtirildi hamda 5 mingdan ziyod murojaatlar tashabbuskorlarining “Mening fikrim” veb-portalidagi shaxsiy kabinetiga elektron jamoaviy murojaatni joylashtirishni rad etish haqidagi xabarlar yuborildi.

2023-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, “Mening fikrim” veb-portaliga joylashtirilgan elektron jamoaviy murojaatlarning sohalar bo‘yicha tasnifi:

– byudjet va iqtisodiyot sohasida – 20 ta;

– qonunchilik sohasida – 55 ta;

– mehnat sohasida – 16 ta;

– xavfsizlik bo‘yicha – 39 ta;

– turizm sohasida – 18 ta;

– savdo va uy-joy masalalari bo‘yicha – 85 ta;

– yer va suv masalalari bo‘yicha – 9 ta;

– madaniyat va sport sohasida – 102 ta;

– inson va jamiyat masalalari bo‘yicha – 34 ta;

– innovasiyalar va AKT sohasida – 51 ta;

– sog‘liqni saqlash sohasida – 26 ta;

– ekologiya sohasida – 14 tani tashkil etadi.

  1. 2023-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, “Mening fikrim” veb-portalida ommaviy ovoz yig‘ish uchun joylashtirilgan murojaatlardan 21tasi yetarli ovoz to‘pladi. Ularning:

9 tasi bo‘yicha Oliy Majlis palatalari;

9 tasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi;

2 ta murojaat bo‘yicha xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi;

1 ta murojaat bo‘yicha xalq deputatlari Namangan shahar hokimligi vakolatli hisoblanadi.

Murojaatlarning 15 tasi bo‘yicha vakolatli davlat organlarining qarorlari qabul qilingan. Xususan:

Vaqtni teskari hisoblovchi svetoforlarni o‘rnatish haqida
(Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2018-yil 24-oktyabrdagi
№ 2081-III-sonli qarori);

Xususiy avtotransport vositalarining oynalarini qoraytirishga ruxsat berish haqida (Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 547-sonli qarori);

Shaharlar va qishloqlar hududida daraxtlarni muhofaza qilishni isloh qilish haqida (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2018-yil 27-iyuldagi
№ 1861-III-sonli qarori);

Hayvonlarga nisbatan shavqatsiz munosabatda bo‘lishni cheklash choralari haqida (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2019-yil 5-martdagi № 2406-III-sonli qarori);

Navoiy shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Navoiy filialini ochish to‘g‘risida (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-iyundagi xulosasi);

Qarshi davlat universitetining Shahrisabz filialini tashkil qilish haqida (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2018-yil 28-dekabrdagi № 04/5-QQ-17-sonli qarori);

Avtotransport vositasidan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olish tizimini bekor qilish haqida (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2019-yil 1-martdagi
№ 04/5-QQ-17-sonli qarori);

Chilonzor” metro bekati ustida yer usti yo‘l o‘tkazgichini qurish haqida (xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2019-yil 27-sentyabrdagi №495/59-5-sonli qarori);

Namangan shahridagi Sardoba bozori bo‘ylab o‘tgan Navoiy ko‘chasida piyodalar uchun maxsus o‘tish yo‘lagi (osma ko‘prik)ni barpo etish haqida (Namangan shahri hokimining 2017-yil 2-avgustdagi
999-sonli qarori);

9-may – Xotira va Qadrlash kunini “G’alaba va Xotira kuni”ga o‘zgartirish haqida (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2020-yil
11-sentyabrdagi 04/5-02-QQ-21-sonli qarori);

Tuman va shaharlarda yangi yashil hududlarni yaratish haqida
(xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 15-apreldagi 343/38-6-sonli qarori);

Avtotransport vositasining sug‘urtasi yo‘qligi yoki texnik ko‘rikdan o‘tmaganligi tufayli jarima maydoniga qo‘yish amaliyotini bekor qilish haqida (O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 28-sentyabrdagi “Byurokratik to‘siqlar yanada qisqartirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillari joriy qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-638-sonli Qonuni);

Mobil qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish haqida (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2020-yil 3-iyundagi 312-IV-sonli Qarori);

Transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarning mavjudligini raqamli texnologiyalar (planshet) vositasida aniqlash va ushbu hujjatlar haydovchining yonida bo‘lmaganligi uchun javobgarlikni qo‘llash amaliyotini bekor qilish haqida (Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi
271-son qarori);

Hokimlarni xalq tomonidan saylash amaliyotini joriy etish haqida
(Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar
va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021-yil 5-apreldagi 36-1-IV-sonli qarori qabul qilingan);

Qarorlarning matni veb-portalga joylashtirilgan bo‘lib, barcha uchun ular bilan tanishib chiqish imkoniyati mavjud.

Hozirda qolgan 6 ta murojaat bo‘yicha holat quyidagicha:

Jamoat transportlari oynalarini qoraytirish haqida (ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan);

Transport vositalarini tyuning qildirishga ruxsat berish haqida
(ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan);

Sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalarning to‘lov-kontrakt summalarini kamaytirish haqida (ko‘rib chiqish uchun
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan);

Yurtimizning sharqiy va g‘arbiy hududlarida transport qatnovini qulaylashtirish haqida (ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan);

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni oliy darajadagi mukofot “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlash haqida;

“UZAVTO MOTORS” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomoshinalarni chetdan olib kirishda boj to‘lovlarini bekor qilish haqida (ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan).

III. Shuningdek, ommaviy ovoz yig‘ish uchun joylashtirilgan ushbu murojaatlarning 30 ga yaqini yetarli ovoz to‘plamay turib ham ular bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan tegishli choralar ko‘rildi. Bunday murojaatlar sirasiga:

poytaxtimiz markazida yurtimizning ulkan bayrog‘ini o‘rnatish;

velosipedlar uchun maxsus yo‘lak tashkil qilish;

Oliy Majlis palatalarining yig‘ilishlarini jonli efirda to‘liq namoyish qilish;

arxiv hujjatlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish;

yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar va boshqa turdagi ta’lim muassasalari oldiga tezlikni cheklovchi yo‘l belgilarini majburiy o‘rnatish;

valyutaga oid munosabatlarni takomillashtirish;

Oilaviy marosimlarni o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish;

respublikaning barcha ma’muriy-hududiy birliklari markazlarida ulkan hajmdagi davlat bayrog‘ini o‘rnatish;

xususiy tug‘ruq komplekslarini tashkil etish va boshqa murojaatlar kiradi.

Mening fikrim” veb-portaliga kelib tushgan murojaatlarning 90 foizdan ziyodi rad etilgan bo‘lib, ularning sabablari:

40 foizga yaqini murojaatning mazmunida uning mohiyati va amalga oshirilish mexanizmi bayon etilmaganligi;

20 foizi mazmuni va ma’nosiga ko‘ra veb-portalga kelib tushgan, joylashtirilgan murojaatlarga o‘xshash bo‘lgan yoxud qabul qilingan paytidan e’tiboran bir yillik muddat o‘tmagan, vakolatli davlat organining qarori qabul qilib bo‘linganligi (propiska tizimini soddalashtirish, xorijiy avtomobillar uchun bojlarda imtiyozlar berish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, avtomobil qatnov yo‘llarini ta’mirlash kabilar);

10 foizi shaxsiy ehtiyoj yoki shikoyatdan iborat bo‘lganligi (qishki kiyimlar sotib olishda yordam berish, oilaviy ajrimga yordam berish, ko‘p xotinlikka ruxsat berish, amaldorlarni jazolash, prokuratura tizimini isloh qilish, uy olib berish, uylarni ta’mirlab berish, suv yo‘lini ochib berish, yerlarini nohaqlik bilan tortib olish kabi);

foizi sud hokimiyati, surishtiruv va tergov organlari vakolatiga tegishli bo‘lganligi (sud qarorlarini bekor qilish, qayta tergov o‘tkazish, aliment tayinlash, tergov materiallarini olib berish, tergovchilarni jazolash, sudyani ishdan olish kabi);

5 foizi turli shaxslarni mukofotlash, lavozimga tayinlash haqida;

4 foizi davlat organlari va tashkilotlarini tuzish, tugatish va qayta tashkil etish haqida bo‘lganligi sababli (sudlarni va MIB, Yoshlar ittifoqini, “UzAuto Motors”ni va tashkilotlarda kasaba uyushmalarini tugatish, davlat banklarini yopish kabilar);

3 foizi fuqarolar tomonidan murojaatlar matni kiritilmagan holda yuborilganligi sababli;

foizi shakliga, mazmuniga va ma’nosiga ko‘ra qonun hujjatlari bilan tartibga solingan qoidalarga o‘xshash bo‘lganligi (bank kreditini qaytarib to‘lamaslik, pensiyaga chiqish yoshini maxsus to‘lov evaziga tushirish, alimentlarni to‘lash tartibini bekor qilish, kontraktsiz ta’limni joriy qilish, mobil aloqa xizmatlarini tekin qilish, soliq yukini kamaytirish, koronavirus sharoitida tadbirkorlarga imtiyozlar berish, radarlarni olib tashlash, yo‘l belgilarini o‘zgartirish kabilar).

 

Yig‘ma axborot-tahlil bo‘limi

Leave a comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *