Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha Ixtiyoriy milliy hisobotni tayyorlash yuzasidan tajriba almashildi – Qonunchilik muammolari instituti
Yangiliklar

Oliy Majlis Senatida Ixtiyoriy milliy hisobotni tayyorlash doirasida tajriba almashish dasturi (Twinning) bo‘yicha Mo‘g‘uliston va Tojikiston vakillarining Parlament komissiyasi a’zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasi a’zosi B.Alixanov, Ixtiyoriy milliy hisobotni tayyorlash doirasida tajriba almashish dasturi (Twinning) koordinatori Keytlin Porter, Mo‘g‘uliston Xalq Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, BMT, Osiyo va Tinch Okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) vakillari ishtirok etishdi. 

Uchrashuvda barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarni 2030-yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirish, bu borada Ixtiyoriy milliy hisobotni tayyorlash hamda Milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga (MBRM) erishishda parlamentlarning roli muhokama qilindi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasining  faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berildi. 

Jumladan, Parlament komissiyasi tomonidan so‘nggi ikki yilda 11 ta milliy maqsad va 51 ta vazifa doirasida joylarda olib borilayotgan ishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar holati tanqidiy o‘rganilib, 28 ta vazirlik va idora rahbarining hisoboti eshitilgan.

BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi boshchiligida o‘tkazilgan Oliy darajadagi siyosiy forumda O‘zbekiston ilk marotaba Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga doir Ixtiyoriy milliy hisobotini taqdim etgan. 2023-yilda esa O‘zbekistonning ikkinchi Ixtiyoriy milliy hisoboti taqdim etish borasida ishlar olib borilmoqda.
2020-yilda BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida” rezolutsiya qabul qilish taklifi ilgari surilgan bo‘lib, mazkur rezolutsiya 2022-yil  14-dekabrda BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida qabul qilingan.

Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi butun dunyoga namuna bo‘layotgani, barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga erishishda parlament, hukumat va fuqarolik jamiyati o‘rtasida o‘zaro manfaatli va samarali hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligi delegatsiya a’zolari tomonidan yuqori baholandi.

www.senat.uz

Leave a comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *