Yurtda tinchlikni, barqarorlikni saqlash o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Buning uchun ko‘p sinovlarni boshdan o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Yaqin tariximizning o‘tgan davri mobaynida osoyishta hayotimizni izdan chiqarishga urinishlar bo‘ldi. Mard va jasur harbiylarimiz qahramonlik namunalarini ko‘rsatib, g‘arazli kuchlarga qaqshatqich zarba bergan. Ming afsuski, bu kurashda yuzlab jasoratli harbiylarimiz, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari halok bo‘lgan. Ammo xalqimiz el-yurt uchun […]
Joriy yilning 15-mart kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurk boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Uchrashuvda mamlakatimizda kechayotgan konstitutsiyaviy islohotlar bilan bog‘liq muhim siyosiy-huquqiy jarayonlar xususida ma’lumot berib o‘tildi. Xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi ikki bosqichda xalqning fikr-mulohazalari, takliflari o‘rganilib, aholining barcha qatlamlari, keng jamoatchilik ishtirokida […]
2023-yil 14-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ttiz sakkizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar. Joriy yil 10-mart kuni Qonunchilik palatasi majlisi o‘tkazilib, unda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendumni tayinlash va uni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. […]
Joriy yilning 28-fevral kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi ishchi guruhining yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda senator, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, Qo‘mita huzuridagi ekspertlar guruhi a’zolari, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda boshqa bir qator vazirlik va […]
Joriy yilning 27 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga amalga oshirgan tashrifi yakunlari muhokama etildi hamda mazkur tashrif davomida belgilangan vaziflar yuzasidan fraksiya oldida turgan dolzarb vaziflar belgilab olindi. Shuningdek, deputatlar […]
Toshkent shahrida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlament va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va aholining bu boradagi xabardorligini oshirish, jamiyatda inson huquqlari va barqaror rivojlanish madaniyatini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Xalqaro tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov ishtirok […]
Joriy yilning 20 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda fraksiya a’zolari tomonidan bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi. Xususan, deputatlar tomonidan dastlab “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, so‘ngi yillarda mamlakamimiz qishloq xo‘jaligi sohasida aholiga sifatli qishloq xo‘jaligi […]
Olimlik – Alloh nuri tajassum etgan ulug‘ bir martaba. Bu martabadan jamiyatning butun vujudiga ziyo taraladi. Shavkat MIRZIYOЕV, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Akademik A’zamxo’jaev Anvar A’zamovich hayot bo’lganida 2023 yil 17 fevral` kuni 95 yoshga to’lar edi. Ustoz Toshkent shahrida 1928 yil 17 fevralda tavallud topib, 1994 yil 19 iyunda vafot etgan. Anvar A’zamovich bilan ilmiy, tashkiliy va huquqiy yo’nalishlarda hamjihatlikda ishlaganmiz. Shuning uchun ustoz hayoti va faoliyatining o’zim yaqindan bilgan ayrim jihatlariga muxtasar […]
Bugun, 13 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Germaniya Bundestagi bilan hamkorlik bo‘yicha parlament guruhi va Bundestagning “Germaniya – Markaziy Osiyo” parlament guruhi o‘rtasida onlayn-uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, senatorlar, Bundestagning “Germaniya – Markaziy Osiyo” parlament guruhi raisi Oygen Shmidt va mazkur guruhning a’zolari ishtirok etdi. Ma’lumki, “Germaniya […]
10-fevral kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Markaziy Osiyo davlatlarining birinchi parlamentlararo forumi doirasida Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashdi. Uchrashuvda davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik yuqori ishonch va o‘zaro hurmat asosida rivojlanib borayotgani, o‘z navbatida aloqalarning faollashuvi mamlakatlarimizning ko‘p qirrali munosabatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Konstruktiv va amaliy ruhda kechgan muloqotda […]
Ushbu maqolani yozishga oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan va hamon muhokamasi davom etayotgan yosh qizaloqqa nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik va qotillik jinoyati turtki berdi. Fikrlarni kuzatish jarayonida avvalo, yurtdoshlarimizning bu manfur jinoyatga befarq bo‘lmay, keskin munosabat bildirayotganliklari diqqatni tortadi. Bunday noinsoniy qilmish keng jamoatchilikni larzaga soldi va bu shunga loyiq, albatta. E’tibor berilsa, jahonning ko‘pgina […]
2023 yil 9 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulovni qabul qildi. Muloqot avvalida Qozog‘iston elchisiga keyingi yillarda mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va tashabbusi bilan barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, davlat boshqaruvida parlamentning roli kuchaytirilayotgani, iqtisodiy-ijtimoiy yo‘nalishlarda jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urilayotgani […]
Parlament va mahalliy Kengashlar hamkorligining yagona platformasini shakllantirish maqsadga muvofiq
2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 2-maqsadida xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish, 3-maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining institutsional asoslarini zamon talablariga moslashtirish belgilangan. 7-maqsadida esa mamlakatimizdagi islohotlarni izchil davom ettirishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish, jumladan, parlament palatalarida hududlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, […]
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan shifokorlarning sharoitini yaxshilash korrupsiyaning oldini olishga xizmat qilishi to‘g‘risidagi taklifga Sog‘liqni saqlash vazirining “Bemorga mehr bilan yondoshsangiz, rozi bo‘lib, o‘zi sizga berib ketadi” mazmunida bildirgan munosabati yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi quyidagilarni maʼlum qiladi. Sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyani kamaytirish Sog‘liqni saqlash vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, keng […]
2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 34-bandi ijrosini ta’minlash, shuningdek fuqarolarning elektron jamoaviy murojaat qilish borasidagi huquqlarini ta’minlash maqsadida“Mening fikrim” veb-portali joriy etildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “qonunlar muhokamasiga keng xalq ommasini […]
Joriy yilning 31 yanvar kuni Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Narimon Umarov Jahon banki vakili Daniela Felkman bilan uchrashdi. Uchrashuvda Jahon banki bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari, shuningdek, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan islohotlar, qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida ularda korrupsion omillarga yo‘l qo‘ymaslik borasida amalga […]
Joriy yilning 26-yanvar kuni Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasida “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun manfaatdor tashkilotlar, ekspertlar, olim va mutaxassislar ishtirokida muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunga qadar davlat hisobidan yuridik yordam faqat jinoyat ishlarini yuritishda ko‘rsatilib, ma’muriy va fuqarolik ishlarida nazarda tutilmagan hamda yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etishning shaffof […]
Inson huquqlari har narsadan ustun. Dunyo tajribasida islohotlar, rejalar, rivojlanish tendensiyalari markazida inson va uning huquqlarini ta’minlash masalasi tursa, albatta ijobiy yutuqlar bardavom bo‘ladi. 2023 yil 25 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo‘yicha Parlament komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da Parlament […]
Tibbiyot sohasida korrupsiyaviy omillarni keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish, sog‘liqni saqlash tizimini korrupsiya illatidan xoli qilish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan choralarni amalga oshirish maqsadida, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan quyidagilarni amalga oshirishga kelishib olindi:1. Sohada korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam ravishda jamoatchilikka va OAV vakillariga taqdim […]
Oliy Majlis Senatida Ixtiyoriy milliy hisobotni tayyorlash doirasida tajriba almashish dasturi (Twinning) bo‘yicha Mo‘g‘uliston va Tojikiston vakillarining Parlament komissiyasi a’zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasi a’zosi B.Alixanov, Ixtiyoriy milliy hisobotni tayyorlash doirasida tajriba almashish dasturi (Twinning) […]
- 1
- 2